1.  Qand, qaymoq, meva shirasi va shu kabilar qo‘shib tayyorlangan nisholasimon shirinlik (ko‘pincha tort, pirojniy kabi konditer mahsulotlarini bezash uchun ishlatiladi).
                
                                    
                    
            
            
                2.  Kosmetik pardoz moyi; yog‘upa.
                
                                        Necha-necha shofyorlar unga atir, upa krem keltirib, sovg‘a qilmoqchi bo‘lardilar.
                        I. Rahim, Chin muhabbat
                        
            
            
                3.  Charmdan qilingan oyoq kiyimlariga surkab, pardozlash uchun ishlatiladigan maxsus moy; etik moyi.
                Qora krem. Jigar-rang krem
                    ▬
                                        Etigimning kremi qayerda?
                        I. Rahim, Chin muhabbat