1.  Hamma tomoni teng kvadratdan iborat olti yoqdi geometrik shakl; shunday shakldagi narsa.
                
                                    
                    
            
            
                2. mat. at. Biror sonning yoki algebraik ifodaning uchinchi darajasi, o‘z-o‘ziga uch marta ko‘paytmasi.
                3 sonining kubi 27 bo‘ladi.
                                    
                    
            
            
                3. s. t. t. Bir kub metrga teng hajm o‘lchovi birligi; kubometr.
                Ikki kub taxta,
                    ▬
                                        So‘nggi 20 yil mobaynida Orol dengizi sathi 8 marta pasayib, suv hajmi 393 kub kilometrga kamaydi.
                        Fan va turmush
                        
            
            
                4.  Suyuqliklarni haydash, qaynatish yoki saqlash uchun ishlatiladigan silindr shaklidagi katta yopiq idish.