1.  Butun kuchi bilan keskin harakat qilmoq, tirishib, chiranib zo‘r bermoq.
                Yukni kuchanib ko‘tarmoq.
                    ▬
                                        Homid hanuz qo‘lini bo‘shatishga kuchanar edi.
                        A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
                        
                        Mashina, orqasidan achchiq hidli qoramtir tutun chiqarib, bir kuchandi-da, yelib ketdi.
                        Shuhrat, Shinelli yillar
                        
                        Uzun arqonlarni kuchanib torta-torta, kemani sohilga qapishtirdilar.
                        S. Siyoyev, Avaz
                        
            
            
                2. ko‘chma hma O‘ta mubolag‘a bilan maqtanmoq, chiranmoq.
                
                                        Bu muvaffaqiyatdan chatnayozgan mulla Abdurahmon kuchanganidan kuchanar edi.
                        A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
                        
                        Hokim 25 soldatning kuchi o‘ziga o‘tib qolgandek kuchana boshladi.
                        M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.