1.  Kishi yuzida (yonoqlarida) bo‘ladigan, kulganda aniq ko‘rinadigan chuqurchalar.
                
                                        Malohat Karimovaning yuzlariga qizil yugurdi, yuzidagi kuldirgichlar husniga husn qo‘shdi, ko‘zlari charaqlab ketdi.
                        Oydin, Asl yor
                        
                        Nazokat uyalganidan yerga qaradi, o‘ng yuzidagi kuldirgichini shamol to‘zg‘itgan sochlari to‘sdi.
                        S. Ahmad, Qadrdon dalalar
                        
                        Kulcha yuzlarida chuqur-chuqur kuldirgichlari bo‘ladi.
                        T. Murod, Ot kishnagan oqshom