1.  Xursandlik, vaqtichog‘lik va zavqlanishni ifodalovchi, bo‘linib-bo‘linib chiqadigan tovushlar, ovozlar.
                Samimiy kulgi. Zalda kulgi ko‘tarildi.
                    ▬
                                        Sidiqjon kimningdir qattiq kulgisidan uyg‘onib ketdi.
                        A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
                        
                        Qog‘ozi ko‘chgan devorlar, toza bo‘lsa ham, eskirib ketgan darparda, sarg‘aygan choygumni ko‘rib, qanoat hosil qildi, shekilli, yana ko‘zlarida kulgi o‘ynadi.
                        O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
                        
            
            
                2.  Mazax yoki kalaka qilinadigan narsa; kalaka, mazax ifodasi; masxara.
                
                                        Bu o‘rinsiz ishdan Oftob oyim achchiqlandi: — Manim holim senga kulgimi, qizim?
                        A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
                        
                        Birontasini chaqirsam, keyin, albatta, masxara qilishadi, kulgi, mazax uchun ularga bahona topiladi, deb o‘yladi Gulnor.
                        Oybek, Tanlangan asarlar