1.  Quyosh, oftob.
                
                                        Kun tepadan tig‘ urayotganda, mashina obodgina bir qishloqqa kirib keldi.
                        S. Ahmad, Ufq
                        
                        Mana, kun ham terak bo‘yi ko‘tarilib qoldi.
                        S. Yunusov, Kutilmagan xazina
                        
                        Nuktadon Mutrib darhol hovlisining kichikligidan kun tushmasligiga ishora qilib, payrov bilan javob berdi.
                        S. Siyoyev, Yorug‘lik
                        
            
            
                2.  Sutkaning quyosh chiqqandan quyosh botgungacha bo‘lgan qismi.
                
                                        Hasanali kunlarini tomoqsiz, tunlarini uyqusiz kechira boshladi.
                        A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
                        
                        Bo‘lmasa, men qaytay, kun ham kech bo‘lyapti.
                        S. Karomatov, Oltin qum
                        
            
            
                3.  Bir kecha-kunduzga — 24 soatga teng vaqt; sutka.
                Bir yil — 365 kun.
                    ▬
                                        Uch-to‘rt kungacha Avaz mozoristondan chiqmadi.
                        S. Siyoyev, Avaz
                        
                        O‘shandan uch-to‘rt kun o‘tgach, yangi gap chiqib qoldi.
                        E. Raimov, Ajab qishloq
                        
                        Bu chiroq singilchamning qo‘lidagi ruxsatnoma desam ham bo‘ladi — roppa-rosa yigirma kunga berilgan.
                        X. To‘xtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
                        
            
            
                4.  Oy yoki haftaning ma’lum bir kalendar sanasi; ma’lum bir hodisaga bag‘ishlangan kun, sana.
                Shanba kuni siz keling, yakshanba kuni men boray. Qaysi kunlarda uyda bo‘lasiz? — Chorshanba, juma kunlari. Quruvchilar kuni.
                    ▬
                                        Qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahrida qishloq mehnatkashlari uchun an’anaviy teatr kunlari boshlandi.
                        Gazetadan
                        
            
            
                5. ko‘plik shaklida ida Kunlar bilan belgilanuvchi vaqt, payt, kez, davr.
                
                                        Bolalik kunlarimda, Uyqusiz tunlarimda Ko‘p ertak eshitgandim.
                        H. Olimjon
                        
                        Erkin kunlar kelur, istiqbolimiz yorqin, toleimiz baland bo‘lur, albatta.
                        Oybek, Nur qidirib
                        
            
            
                6.  Ob-havo, ob-havo sharoiti.
                
                                        Mayning o‘rtalari bo‘lsa-da, kun issiq edi.
                        S. Siyoyev, Yorug‘lik
                        
                        Noyabr o‘rtalab, kunlar sovigan edi.
                        S. Ahmad, Yulduz
                        
                        Javzo kirdi. Kunlar isib, arpa pishdi.
                        K. Yashin, Hamza
                        
            
            
                7.  Ayrim so‘zlar bilan qo‘llanib, ahvol, sharoit ma’nosini bildiradi.
                
                                        Boshingizga og‘ir kun tushdi.
                        Mirmuhsin, Me’mor
                        
                        Tursunoyning kuniga uchrab, yosh joningizga jabr qilmang, deyman.
                        H. Nosirova, Men o‘zbek qiziman
                        
                        Shomurod dodxohning kunini mening boshimga solarding, odamxo‘r qotil!
                        K. Yashin, Hamza