1.  Pishirilgan, qovurilgan narsaning kuygan joyi, kuygan qismi.
                Kuyuk kulcha.
                    ▬
                                        Kecha kechqurun Grasiano po‘choq va non kuyuklari bilan qornini to‘yg‘azdi.
                        Yo. Shukurov, Grasiano
                        
            
            
                2.  Kuyish natijasida hosil bo‘lgan yara, jarohat; kuygan.
                
                                        Kurum bosgan devorlar tagida qulab yotgan kuyuk yog‘ochlarni u yoq-bu yoqqa surib ko‘rdi.
                        H. G‘ulom, Mash’al
                        
                        Uning kuyuk sochsiz boshi, yarimta yuzi jizg‘anak bo‘lib, shilvirab turar edi.
                        Oybek, Quyosh qoraymas
                        
            
            
                3. ayn. yn. Kuyindi.
                
                                        Oftob tikkaga kelgan, yo‘l changi, yong‘in, kuyuk, dud isi tomoqlarimizni qaqratgan edi.
                        A. Muxtor, Davr mening taqdirimda
                        
                        Shabada kuyuk islarini ham tarqatib yubordi.
                        A. Muxtor, Chinor
                        
            
            
                4. ko‘chma s. t. t. Dog‘-alam, dard-g‘am; alamli, kuygan.
                
                                        Har kuyukka ko‘nar odamning boshi.
                        Go‘ro‘g‘li
                        
                        Bolasini ko‘rib, kuyuklari ketdi.
                        Yusuf va Ahmad
                        
                        Endi solma ko‘p dog‘ingni, Kuyuk jismim jon o‘rtar.
                        Hamza