1.  Tobi aynigan, bo‘shashgan; lohas.
                
                                        Mingboshining mayi meni ancha lanj qildi.
                        S. Abdulla, Mavlono Muqimiy
                        
            
            
                2.  Ortiq dam yeb, tobidan o‘tgan yoki suvi ko‘pligidan uzoq qaynab bo‘shashgan; dami o‘tgan, bo‘sh.
                
                                        Qayoqda qoldinglar? Osh lanj bo‘lib ketdi-ku.
                        S. Ahmad, Hukm
                        
            
            
                3.  Aniq va qat’iy fikr bildira olmaydigan; fikridan qaytib, aynib turadigan; mijg‘ov.
                
                                        Brigadirning o‘zi hamon lanj-u, brigada a’zolari vijdon azobida.
                        N. Safarov, Mardlar maydonda
                        
            
            
                4.  Na u yoqdi emas, na bu yoqdi emas; noaniq, mujmal.
                
                                        — O‘qishlarini tamomlashaversin-chi, bir gap bo‘lar, — deb lanjroq javob qaytargan edi To‘lamat.
                        S. Anorboyev, Oqsoy