1.  Ma’naviyatga oid, ma’naviyat, axloq bilan bog‘liq.
                Ma’naviy meros. Ma’naviy qiyofa. Ma’naviy kamolot.
                    ▬
                                        Hayotning so‘qmoqlaridan o‘tishga ojiz, har bir arzimas qiyinchilik oldida esankiraydigan, ma’naviy qashshoq odam ekanligimni endi bildim.
                        S. Ahmad, Cho‘l burguti
                        
                        Oy-bekning qalamiga mansub asarlar allaqachon qardosh xalqlarning ma’naviy mulkiga aylangan.
                        Gazetadan
                        
            
            
                2. ayn. yn. Ma’nan.
                
                                        Nazarni aybsitishga hech kimning ma’naviy haqqi yo‘q.
                        E. Usmonov, Yolqin
                        
                        Yoshlar o‘rtasidagi ma’naviy tubanlashishning asosiy manbalaridan biri G‘arb-da ishlangan axloq va odobga zid bo‘lgan filmlarni ko‘rish bo‘lib qoldi.
                        E. Yusupov, Istiqlol yo‘lida