1.  G‘ayriixtiyoriy vazifa, burch yoki biror majburiy ish, holat, ehtiyoj.
                
                                        Toshkent jo‘nash uchun o‘zida majburiyat his etar., boshqa chora yo‘q edi.
                        A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
                        
                        Xaloyiq ham sekin-asta tarqaldi — hokim kelmagan, oftobda sarg‘ayishning majburiyati qolmagan edi.
                        M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.
                        
            
            
                2.  Mehnat ahllarining biror ishni bajarish uchun bergan qat’iy va’dasi.
                
                                        Zveno bo‘yicha majburiyat har gektaridan o‘n bir sentner edi, hozir o‘n to‘rt berdik.
                        A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
                        
                        Ikki brigada musobaqalashib, yuqori majburiyatlar olgan.
                        O‘zbekiston qo‘riqlari