1. kt. kt. Abadiylik, abadiyat.
                
                                        Mangu hayot nimada asli? Bormi o‘zi cheksiz mangulik?
                        To‘lqin.
                        
                        O‘ylay — mangulikning bu oynayi jamolida Kim qolarkan sevgiday abadiy va suyukli.
                        A. Oripov
                        
            
            
                2. sft. ayn. yn. Abadiy.
                
                                        Mutalning boshi shilq etib, loyxonaga tushdi-da, mangulik uyquga ketganligi ma’lum bo‘ldi.
                        A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
                        
                        U — mening hech bitmas quyoshim. U — mening mangulik quyoshim.
                        Guldasta
                        
            
            
                3.  Mangu ekanlik.
                
                                        Kimki quyosh haroratining manguligin his qilmoqchi bo‘lsa, uni ham diyorimdan topadi.
                        Shukrullo, Javohirlar sandig‘i