1.  O‘zini katta tutadigan, bosar-tusarini bilmay qolgan; takabbur.
                
                                        Manman odam. Kamtarga — kamol, manmanga — zavol
                        Maqol
                        
                        U ilgarigi manman Tojiboy emas: hiylagina hovurdan tushgan va anchagina muloyimlashib qolgan edi.
                        P. Tursun, O‘qituvchi
                        
            
            
                2. yoki oki Manman (manaman) degan Mashhur, eng oldingi, dongdor.
                
                                        Xivaning manman degan boylaridan pul topish sirlarini o‘rgandim.
                        J. Sharipov, Xorazm
                        
                        Bunaqa zanjirni yanga tugul, qishlog‘imizdagi manman degan temirchi ham uzolmaydi.
                        Yoshlik
                        
                        Ko‘chaga chiqsam, manman degan yigitlar husnimga mahliyo bo‘ladi.
                        Mushtum
                        
                        Qo‘qonning manaman degan boylaridan Mirazimjon boyni o‘ldirtirib, sir ochilayotganda xo‘jako‘rsinga Ergashga jazo berdirdi.
                        K. Yashin, Hamza