Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {mardikor}
So‘z bo‘g‘inlari: mar-di-kor
Izoh(lar)i:
mardikor ot

1. 1. Vaqtincha yoki kundalik yollanib ishlovchi ishchi. Dalada ishning tig‘iz vaqti o‘tgani uchun mardikorlarga bundan bir necha kun ilgari javob berilgan. Oybek, Tanlangan asarlar.

2. tar. ar. 1914-1918 yillardagi Birinchi jahon urushi davrida chor hukumati tomonidan chekka o‘lkalardan, jumladan, Turkistondan front ortidagi, mamlakat ichkarisidagi qora ishlarga safarbar etilgan erkak kishi. 1916-yili rus podshosi mardikor olgan vaqtda Madamin o‘z oyog‘i ostidan o‘ziga qarshi ko‘tarilgan yovni ko‘rdi. P. Tursun, O‘qituvchi

3. s.t. .t. Mardikor ishi; mardikorlik. Siz oqpodshoning davlati soyasida yurt so‘rab, umringiz aysh-ishrat bilan o‘tyapti. Shunday bo‘lgandan keyin, bir tantilik qiling, dodxoh, avval siz o‘g‘lingizni mardikorga yuboring. K. Yashin, Hamza
el boshiga yanada katta muhtojlik tushadi va Abdurasul hamqishlog‘i Yusvali aka bilan mardikorga jo‘naydi. P. Tursun, O‘qituvchi

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.