1. 1. Yuzga tutiladigan, odam yoki hayvon qiyofasi tasvirlangan maxsus niqob.
2. 2. O‘zini tanitmaslik uchun (maskarad va shu kabilar tomoshalarda) yuzning yuqori qismini berkitadigan, ko‘z uchun ikki teshik ochilgan maxsus parda.
Qora maska. Maska kiymoq.
3. 3. Himoya uchun yuzga (og‘izga, burunga) tutiladigan maxsus moslama.
Protivogaz maskasi. Jarroh maskasi.
4. 4. O‘lgan odamning yuzidan gips (ganch) vositasida olinadigan quyma nusxa, tasvir.
5. 5. Kosmetikada; yuz va bo‘yin terisini yaxshilash, parvarishlash uchun ma’lum narsalar aralashmasidan tayyorlangan pardoz vositasi.
6. 6. Qilichbozlik, xokkey va boshqalar sport turlarida sportchining yuzini jarohatlardan saqlovchi himoya anjomi.
7. shv. Sariyog‘.
— Gulnor, suv keltir! Maskani ayrondan o‘zim ajrataman — dedi xotin.
S. Ayniy, Doxunda