1.  Kamsituvchi, kulgi qiluvchi gap-so‘z, xatti-harakat; mazax, ermak, kulgi.
                
                                        Bu so‘zlar qo‘rboshiga masxara bo‘lib tuyuldi. U og‘zidan ko‘piklar sochdi.
                        A. Qahhor, Ko‘r ko‘zning ochilishi.
                        
                        Fotima masxara va mazaxlarga chiday olmadi, titrab ketdi.
                        P. Tursun, O‘qituvchi
                        
            
            
                2. s. t. Qiziq gap-so‘z va harakatlar bilan odamlarni kuldiruvchi; qiziqchi, masxaraboz.
                
                                        To‘la masxara an’analarini o‘g‘li Mulla gadoy, shogirdi Safar masxara Abdullayev davom ettirdi.
                        O‘zME
                        
                        Buxoro an’anaviy teatrida Zarif, To‘la, Mizrob, Ergash ismli masxaralar shuhrat qozongan.
                        O‘zME