1.  Turli-tuman va mayda.
                Mayda-chuyda bolalar.
                                    
                    
            
            
                2.  Arzimas, ahamiyatsiz.
                Mayda-chuyda gaplar. Mayda-chuyda ishlar. Mayda-chuyda narsalar.
                                    
                    
            
            
                3. s. t. t. Mayda buyumlar, u-bu narsalar.
                Mayda-chuyda olmoq. Mayda-chuydaga pul sarf qilmoq.
                    ▬
                                        Erta bilan Hasanali aravani qo‘shib tayyorlagan, mayda-chuyda aravaga tashilar edi.
                        A. Qodiriy, O‘tgan kunlar