1.  Ipakdek yumshoq va nozik, qo‘lga muloyim urinadigan.
                Mayin jun. Mayin soch. Mayin gazmol.
                    ▬
                                        Shayboniyxon bo‘taloq junidan to‘qilgan mayin malla joynamoz chetiga qaytib o‘tirdi.
                        P. Qodirov, Yulduzli tunlar
                        
            
            
                2. ko‘chma hma Yoqimli, muloyim.
                Mayin shabada. Mayin kuy.
                    ▬
                                        [Do‘ndiqning] Xayolchan yuzlarida mayin tabassum paydo bo‘ldi. Oydin,
                        Do‘ndiqdan ham yosh ekan
                        
                        Chirildoqlarning mayin musiqasi hamma yoqni to‘ldirgan.
                        Oybek, Tanlangan asarlar