1.  To‘y, ziyofat va shu kabilar munosabati bilan yo‘qlab kelgan (borgan) shaxs.
                Mehmon bo‘lmoq. Mehmon qilmoq. Mehmon(ga) aytmoq.
                    ▬
                                        Qutidor mehmonlarni ixlos va samimiyat bilan kutar, ziyofat quyuq-suyuqlari bilan to‘la-to‘kis davom etar edi.
                        A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
                        
            
            
                2.  Majlis, yig‘ilish, kengash va shu kabilarga chetdan chaqirilgan shaxs.
                Sessiyaga chaqirilgan deputat va mehmonlar. Qurultoyda mehmon sifatida qatnashmoq.
                    ▬
                                        Festivalning qatnashchilari va mehmonlari orasida taniqli davlat arboblari iste’dodli ijodkor yoshlar bor.
                        Gazetadan
                        
            
            
                3.  Chetdan tashrif buyurgan, vaqtinchalik qo‘ngan shaxs.
                
                                        Eshikni ochishi bilan: — Otdan qo‘ningiz. mehmon. — dedi [usta Alim] otni Otabek qo‘lidan olgach.
                        A. Qodiriy, O‘tgan kunlar