1.  Mehrli (mehribonga xos) e’tibor, munosabat; mehribonga xos xislat.
                
                                        Ahmadning yonidan o‘tar ekanlar, Asadillo mehribonlik bilan uning yelkasiga qo‘lini qo‘ydi.
                        F. Musajonov, Himmat
                        
                        Kombinatda odamlar o‘zlariga e’tibor va mehribonlikni seziishayapti.
                        Gazetadan
                        
                        Domlaning otasidek bo‘lib qolgani, mehribonligi unga dalda berdi.
                        Mirmuhsin, Umid.
                        
            
            
                2. ayn. yn. Mehribonchilik. [
                
                                        Nodira:[ Ota-onalarimdan, opa-singil, og‘a-ini, qarindosh-urug‘larimdan ko‘rmagan bu mehribonliklarni, o‘lsam, qora tuprog‘im unutmasdir.
                        Hamza, Maysaraning ishi
                        
                        Hozir ham u nimagadir yosh boladay ayasining mehribonliklarini qo‘msadi. O‘.
                        Hoshimov, Qalbingga quloq sol