1. 1000 raqami va shu raqam bilan ifodalangan son, miqdor.
Mingni mingga qo‘shmoq. Ming so‘m pul. Ming kishi.
2. Ko‘p, ko‘pdan-ko‘p, juda.
Mingdan-ming rozi bo‘lmoq. Ming yashamoq.
▬
Fotima amakisining avzoyini ko‘rib, kelganiga ming pushaymon qildi.
P. Tursun, O‘qituvchi
3. Har qancha.
Sen ming chiroyli bo‘lma — yetimsan.
P. Tursun, O‘qituvchi
Ming dod denglar, ming faryod denglar, behuda!
Oybek, Tanlangan asarlar
Sizning o‘rningizda bo‘lak odam bo‘lganda, ming yomon ko‘rsa ham bir borib, o‘sha bechorani yupatib kelar edi. A.
Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari