1.  Ikki narsani bir-biriga mahkamlash, biriktirish uchun qoqiladigan, bir tomoni uchli, ikkinchi tomoni qalpoqli metall yoki yog‘och buyum.
                Arava mixi. Mix qoqmoq. Mix urmoq. Mixni sug‘urib olmoq.
                    ▬
                                        Mahkam aka derazaga qoqayotgan mix Buvnisa xolaning qalbiga qadalayotganday bo‘lardi.
                        R. Fayziy, Sen yetim emassan