1. Tinch holatda massaga ega bo‘lgan zarralar majmui; jismlarni tashkil qilgan narsa. Organik modda. Portlovchi moddalar. Zaharli moddalar. ▬ Ona sutida oqsillar, yog‘lar, fosfor kabi to‘yimli moddalar yetarli bo‘ladi. Saodat
2. Rasmiy hujjat, majmua, qonun va shu kabilarning raqam yoki harf bilan ajratiladigan mustaqil bo‘limi.
3. Ustavning birinchi moddasi. [Jonfig‘on] Jinoyat qonunlari majmuasining allanechanchi moddasi to‘g‘risida gapirdi. A. Qahhor, Jonfig‘on
4. Byudjet yoki biror moliyaviy hujjatning daromad manbai va xarajat qismlarini ko‘rsatuvchi bo‘limi. Daromad moddalari.
1. modda I Ot matnning raqamlangan har bir mustaqil qismi
2. modda II Ot jismlarni tashkil etuvchi narsa