1.  Mosh bilan guruchdan pishiriladigan quyuq taom.
                
                                        Bir laganda moshkichiri olib kirdi.
                        Mirmuhsin, Umid
                        
            
            
                2. ko‘chma hma Oq aralash, oq-qora aralash, mosh-guruch (soch-soqol haqida).
                
                                        Zamon o‘zini bosish uchun moshkichiri soqolini o‘ng qo‘li bilan bir oz silab turdi.
                        M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
                        
            
            
                3. ko‘chma hma Aralash-quralash, aralash-quralash bo‘lib ketgan.
                Ish moshkichiri bo‘lib ketibdi.
                    ▬
                                        Bolalar adabiyoti esa kattalarnikiga qo‘shilib, moshkichiri bo‘lib ketgan.
                        Gazetadan