1.  Biror turdagi energiyani mexanik energiyaga aylantiradigan mashina, dvigatel.
                Traktor motori. Avtomobil motori. Motorni yurgizmoq. Motorni o‘chirmoq.
                    ▬
                                        Umarali Anorxon bilan aytishib turgan chog‘da Sodiq sakrab universal ga mindi, motorni tarillatib, ishda davom etdi.
                        I. Rahim, Ixlos
                        
                        Sal o‘tmay, samolyotning motori parillab, parraklari aylana boshladi.
                        N. Fozilov, Diydor