1.  Chorva mollari va ba’zi jonivorlar to‘qimalarida bo‘ladigan, tarkibida yog‘ bo‘ladigan narsa.
                
                                        Bir qumaloq bir qorin moyni chiritar.
                        Maqol
                        
                        Echkiga jon qayg‘u, qassobgamoy qayg‘u.
                        Maqol
                        
                        Quyonning moyi qo‘y va qoramol moyiga nisbatan tez eriydi.
                        Fan va turmush
                        
            
            
                2.  Shunday narsadan va ba’zi o‘simliklarning urug‘i, guli va mevasidan olinadigan, suvda erimaydigan modda; yog‘.
                
                                        Hayvonot moylaridan tayyorlangan yog‘ mahsulotlari ham yaxshi dog‘lashni talab etadi.
                        Gazetadan
                        
                        Yong‘oqning tarkibida moy, oqsil moddalari behisob.
                        J. Abdullaxonov, Oriyat
                        
                        soyadan yaxshi hosil olishimiz, oziq-ovqat sanoati uchun soya moyi ishlab chiqarishimiz mumkin.
                        Gazetadan
                        
                        Inson gullardan efir va sanoat moyi va dorivor olishga ham o‘rgangan.
                        Gazetadan
                        
            
            
                3.  Yumshatish, harakatni ravonlashtirish, pardoz va boshqalar maqsadlarda ishlatiluv-chi moddalarning umumiy nomi.
                
                                        Korjomasi va qo‘llarigacha moy bo‘lganidan, bilagini tutib so‘rashdi.
                        R. Fayziy, Asad libosi
                        
                        Mullajon amaki haligi kishining yuziga suqma moy surtdilar-da, hafsala bilan ishqaladilar.
                        E. Raimov, Ajab qishloq
                        
                        moy surtmasang, aravaning o‘qi ham g‘irchillaydi.
                        Mushtum
                        
            
            
                4. s.t. kam. qo‘ll. ll. Bo‘yoq.
                
                                        Politsiya eshigi berk: yashil moy bilan sirlangan yog‘och panjaralar oldida tutaqqan xalq qaynaydi.
                        Oybek, Tanlangan asarlar.