1.  Madrasada dars beruvchi kishi, Madrasa o‘qituvchisi.
                O‘rtahol hunarmand yoki Madrasa mudarrisi o‘zining oylik maoshiga 2-3 ta qo‘y yoxud 150-250 kilogramm bug‘doy olishi mumkin bo‘lgan. Fan va turmush.
                    ▬
                                        Katta amakisi Buxoroning Xo‘ja Porso madrasasining mudarrisi bo‘lib, Abdurahmon shu kishining tarbiyasiga kelgan
                        A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
                        
                        Noib mudarris oldida so‘roq berayotgan mullavachchaday shoshib qoldi.
                        S. Siyoyev, Avaz