Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {muhokama}
So‘z bo‘g‘inlari: mu-ho-ka-ma
Izoh(lar)i:
muhokama ot

1. Biror xulosaga kelish uchun ko‘pchilikning fikrini olish, fikrlashish, har tomonlama o‘ylashish. Masalani muhokamaga qo‘ymoq. Arizani muhokama qilish. Ibrohimov qayerga bormasin, shundan gap ochilib, har kim o‘z fikr-mulohazasini aytar, O‘rmonjon aytmoqchi, masalani butun xalq muhokama qilar edi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

2. Fikr yuritish, mulohaza; fikr. Muhokamasi yo‘q odam. Muhokama bilan ish qilmoq. — Ba’zi yengil muhokamalaring onangnikidan qolishmaydir, Otabek!. — dedi [hoji]. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Bunday ishga benihoyat uquv, chapdastlik, xo‘sh, yana muhokama va mohirlik kerak. Oybek, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Tushuncha – muhokama – hukm
Ma’nosiga ko‘ra
(fikrlash bosqichiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.