1.  Har jihatdan to‘liq, kamchiligi yo‘q; raso, but.
                Mukammal to‘plam. Uch tilni mukammal biladi. Mukammal bilim.
                    ▬
                                        Hayotni mukammal qilaman, deb ne-ne odamlar bosh qotirgan.
                        S. Siyoyev, Yorug‘lik
                        
                        Rustam otda yurish, nayza otish, qilichbozlik kabi hunarlarni mukammal o‘rganibdi.
                        Oltin beshik
                        
            
            
                2.  Takomillashgan, kamolotga erishgan; yetuk.
                
                                        Sening qimmatli so‘zing, o‘tkir fikring mukammal, Elning xotirasida saqlanadi umrbod.
                        X. Rasul
                        
                        Azizaning nazarida, har tomonlama mukammal, odobli, bilimli yigit shu edi.
                        O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol