1.  Fikran muhokama yuritish, o‘ylash; o‘y.
                
                                        Biz uch oilaning bir-biriga o‘xshamagan qismat-taqdiri haqida mulohaza yuritdik, vafodorlikni ulug‘lab, bevafolikni ranj bilan qalamga oldik.
                        Gazetadan
                        
                        Uning [eshonning] uzoq mulohazadan keyin bir fikrga kelgan kishidek ko‘zlari ma’noli qisildi.
                        S. Ahmad, Hukm
                        
            
            
                2.  Biror masala yuzasidan bildirilgan yoki o‘ylab qo‘yilgan fikr.
                Iqtisodiy masalaga doir mulohazalar. O‘z mulohazasini bayon etmoq.
                    ▬
                                        Ahmad Husayn quldan badtar ojiz, zabun, hamisha taqdirga itoatkor, g‘irt savodsiz bu dehqonning mulohazalariga hayron qoldi.
                        Oybek,Nur qidirib
                        
            
            
                3. ayn. yn. Andisha 1.
                Mulohaza bilan ish qilmoq.
                    ▬
                                        Hosilot ota Komiljonni koyib bermoqchi ham bo‘ldi, tag‘in rais bu voqeadan xabardordir, degan mulohaza bilan indamadi.
                        R. Fayziy, Cho‘lga bahor keldi