1.  Imkoni, imkoniyati bor, bo‘ladigan, amalga oshadigan.
                
                                        Qani endi hayotdagi sanoqsiz ehtimollarning barisiga javob topish mumkin bo‘lsa.
                        S. Karomatov, Oltin qum
                        
                        Undan o‘tib, darvoza orqali Dishan qal’aga chiqish mumkin.
                        S. Siyoyev, Yorug‘lik
                        
                        Kapsanchilar zimmalariga tushgan vazifalarni mumkin qadar tezroq bajarishga so‘z berib tarqalishdi.
                        A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
                        
            
            
                2.  Ruxsat etilgan, ijozat qilingan; joiz.
                Borishingiz mumkin. So‘rashingiz mumkin.
                    ▬
                                        — Shaharda cho‘chqa asrash mumkin emas, — dedi Mukarram.
                        A. Qahhor, Adabiyot muallimi
                        
                        — O‘zi bu yerda ichish mutlaqo mumkin emas, — dedi u ovozini pastlatib.
                        Guldasta
                        
            
            
                3.  Ehtimoli bor, ehtimoldan uzoq, emas.
                
                                        [Muharrir:] Yo‘ldosheva yigirma oltinchi yilda paranji yopinib yurgan bo‘lishi mumkin, buni hozir ta’na qilishda hech qanday ma’no yo‘q.
                        A. Qahhor, Bek