1.  To‘g‘ri keladigan, mos tushadigan; muvofiq, loyiq.
                Munosib nomzod. Ismi jismiga munosib. Munosib ko‘rmoq.
                    ▬
                                        Yormat bir yildan buyon qizini munosib joyga uzatishga tirishadi.
                        Oybek, Tanlangan asarlar
                        
            
            
                2.  Muvofiq tushadigan, yarashadigan, yarashiq.
                Olim kishiga munosib sipolik.
                    ▬
                                        Uylar o‘ziga munosib bezaklar bilan bezalgan.
                        Ertaklar
                        
                        G‘alabaga marsiya emas, madhiya munosib.
                        Uyg‘un
                        
            
            
                3.  Arziydigan, arzirli.
                Munosib hissa qo‘shmoq.