1.  Tartibli ravishda uzluksiz davom etadigan, kanda bo‘lmaydigan; muttasil.
                Samolyotlarning muntazam qatnovi.
                    ▬
                                        Tirik hujayra tashqi muhit bilan muntazam aloqada bo‘lgan taqdirdagina yashay oladi.
                        Fan va turmush
                        
            
            
                2.  Belgilangan tartibda, reja asosida amalga oshadigan.
                Xalq xo‘jaligining muntazam rivojlanishi.
                    ▬
                                        Ilg‘or ishchilar kunlik reja topshiriqlarining muntazam ortig‘i bilan bajarilishiga erishayotirlar.
                        Gazetadan
                        
            
            
                3.  Tartibli, doimiy ravishda amalga oshadigan yoki oshiriladigan; tartibli, doimiy, izchil.
                
                                        Yigitlar mashg‘ulotlarga muntazam qatnashardi
                        O‘zbekiston qo‘riqlari
                        
            
            
                4. mat. at. Hamma tomonlari, yoqlari va burchaklari teng.
                Muntazam ko‘pburchak. Muntazam prizma.