1.  Kishilar bilan munosabat, so‘zlashuv, shunday munosabat yo‘sini.
                Yaxshi muomala. Dag‘al muomala. Muomalasi yomon odam,
                    ▬
                                        Domla mashg‘ulot vaqtlarida birovlarga ko‘proq diqqat berib, birovlarning ko‘nglini uncha-muncha o‘ksitsa ham, muomalada dag‘al emas edi.
                        P. Tursun, O‘qituvchi
                        
                        [O‘zbek oyim] Tevarakdan marg‘ilonlik kelinni ko‘rish uchun keluvchi xotinlarga muomalani yana ham yuqoriroqdan turib qila boshladi.
                        A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
                        
            
            
                2.  Ish, xizmat bilan bog‘liq bo‘lgan aloqa.
                
                                        U bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muomalada bo‘lmaydiganlar uni “raykom”, raykom Mavlonov deb atasalar, yaqinroq va ko‘proq muomalada bo‘ladiganlar o‘rtoq Mavlonov deb atar edilar.
                        P. Tursun, O‘qituvchi
                        
            
            
                3. iqt. qt. Mehnat mahsulotlarini oldi-sotdi vositasida ayirboshlash (tovar xo‘jaligi uchun xos).