1. kt. kt. Tar. O‘tmishda kichik amaldor.
                
                                    
                    
            
            
                2.  Biror ishni boshqarish uchun tayinlangan kishi; ishboshi, boshliq.
                
                                        Vaqtida ko‘rak yetkazib berilmasa, mashina, odamlar ishsiz qolgudek bo‘lsa, mutasaddilarning jig‘iga tegardi.
                        N. Safarov, Uzoqni ko‘zlagan qiz
                        
                        Mutasaddilarning gaplariga qaraganda, Mallayevning davolanish sarf-xarajatlari xabari avval Navro‘z telemarafoniga kelib tushgan.
                        Gazetadan
                        
            
            
                3. esk. sk. Biror ishni o‘z ustiga olgan kishi.
                
                                        — Shartnomada ko‘rsatilgan miqdordan bir yarim baravar hosil olishga mutasaddi bo‘laman, — dedi Sodiq jiddiyat bilan.
                        S. Ayniy, Qullar