1.  Biror ishda erishilgan natija, yaxshi natija; yutuq, g‘alaba.
                Muvaffaqiyat qozonmoq. Muvaffaqiyatga erishmoq.
                    ▬
                                        Parpixo‘ja yog‘chi poyloqchilik, chaqimchilik ishining muvaffaqiyatidan g‘ururlanib so‘zlab borarkan, ellikboshi uni to‘xtatdi.
                        Oybek, Tanlangan asarlar
                        
                        Dushman qanchalik gangitilsa, uning o‘t ochish nuqtalari qanchalik yemirib tashlansa, hujumning muvaffaqiyati shuncha muqarrar bo‘ladi.
                        A. Qahhor, Oltin yulduz
                        
                        Latofat kandidatlik dissertatsiyasini muvaffaqiyat bilan yoqlab oldi.
                        L. Tojiyeva, Mehrim sizga, odamlar