1.  Majlisda muhokamaga qo‘yilgan masala yuzasidan uz fikrini bayon qilish, shu munosabat bilan gapirilgan nutq, so‘z.
                Ma’ruza yuzasidan muzokara boshlamoq. Muzokaraga o‘tmoq.
                    ▬
                                        Dokladdan keyin qizg‘in muzokara boshlanib ketdi.
                        A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
                        
                        Muzokaraga qatnashgan xodimlar olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari haqida o‘z mulohazalarini aytdilar.
                        O‘TA
                        
            
            
                2.  Shart-sharoit, tomonlarning talablari haqida fikr almashish.
                Sulh haqida muzokara olib bormoq. Diplomatik muzokaralar.
                    ▬
                                        Qudalar o‘rtasida ro‘y beradigan anglashilmovchiliklar, janjallar aksar vaqt muzokara va murosa yo‘li bilan hal qilinadi.
                        Oybek, Tanlangan asarlar