1.  Yozda rohatijon tayyorlash uchun muz bosib qo‘yiladigan yerto‘la yoki chuqur.
                Muzxonaga muz bosmoq.
                                    
                    
            
            
                2.  Issikda buziladigan mahsulotlarni saqlash uchun ishlatiladigan, havosi sun’iy ravishda sovitiladigan asbob yoki xona; xolodilnik.
                Go‘sht kombinatining muzxonasi. Gastronom muzxonasi.
                    ▬
                                        Birlashma konserva va vino zavodlari hamda katta muzxona qurib bitkazdi.
                        Gazetadan
                        
            
            
                3.  Xolodilnikning muzlatadigan (muzlatkich) xonasi.
                Go‘shtni xolodilnikning muzxonasiga qo‘ydim.
                                    
                    
            
            
                4.  Ko‘chma Juda sovuq (uy, joy haqida).
                Uyingiz muzxona ekan.
                    ▬
                                        Hatto, gavdasini qanday qilib o‘rashni bilmay uringan Yo‘lchi javob berdi: — Uy emas, muzxona bu.
                        Oybek, Tanlangan asarlar