1. Shosha-pisha; yengil-yelpi. Usta Bir piyola choyni naridan-beri ichdi-da, o‘rnidan turdi. O. Yoqubov, Larza
2. Chalakam-chatti, chala-chulpa, mendan ketguncha, egasiga yetguncha zaylida. Har qanday masalani o‘zboshimchalik bilan naridan-beri hal qilishga tirishadigan Tojiboy bu safar biror kimsaning maslahatiga, qo‘llab-qo‘ltiqlashiga muhtoj bo‘ldi. P. Tursun, O‘qituvchi
1. Apil-tapil – naridan-beri – shosha-pisha Bo‘yog‘iga ko‘ra (belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)
2. Naridan-beri – apil-tapil – shosha-pisha Bo‘yog‘iga ko‘ra (qo‘llanish doirasining oz-ko‘pligiga ko‘ra)