1.  Ish-harakat, voqea-hodisadan pirovardida kelib chiqqan oqibat; ish-harakat, voqea-hodisadan kelib chiqqan ko‘rsatkich.
                
                                        Elmurod bo‘lar ish bo‘ldi, endi tishni tishga qo‘yib, natijani kutish kerak, deb o‘zini ovutdi.
                        P. Tursun, O‘qituvchi
                        
            
            
                2.  s. t.Foyda, naf; samara.
                
                                        To‘satdan boshlangan hujum yaxshi natija bermadi.
                        I. Rahim, Chin muhabbat
                        
            
            
                3.  Fikr, muhokamaning mantiqiy yakuni; xulosa.
                
                                        Ko‘rinishdan natija chiqarib aytganda, bu qiziq majlis uning [Kumush] uchun bazm o‘rnini emas, aza joyini tutgandi.
                        A. Qodiriy, O‘tgan kunlar