1.  Kichik yoki ingichka nay.
                
                                        U yerda ham laboratoriyadagiday egri-bugri shisha naychalar, shisha idishlar, o‘lchag‘ichlar, elektrokamera, har xil asboblar.
                        S. Anorboyev, Oqsoy.
                        
            
            
                2.  maxs.Ip o‘raladigan naysimon asbob yoki mashina qismi.
                
                                        Bu yerning bola-chaqasi tili chiqib, avval bilgan so‘zi — arqoq bilan tarog‘u naycha bilan moki.
                        A. Muxtor, Opa-singillar
                        
            
            
                3.  bot.Poliz ekinlarida hosil bo‘luvchi tuguncha, nishona.
                
                                        Shu bilan oshqovoqning tutgan naychalari sarg‘ayib to‘kilaverdi.
                        S. Ayniy, Esdaliklar