1.  Biror narsaning hamma ustki qismlarini tutib, ko‘tarib turadigan ostki qismi; poydevor, fundament.
                
                                        — Albatta, yangi usulda, — deydi Berdi tatar, — negizi o‘n qatorcha pishiq g‘isht, yuqorisi xom g‘isht.
                        A. Qodiriy, Obid ketmon
                        
            
            
                2.  Biror narsaning asosini tashkil etgan omil; baza, asos.
                
                                        O‘zbekistonda chorvachilikni sanoat negizida tashkil etish borasida ko‘p ishlar qilindi.
                        N. Mavlonov, Qoramolchilik