1.  Boshqalariga qiyosan; qiyosan olganda.
                
                                        Devorsiz bog‘ning shimol tomoni chakalakzor bo‘lgani uchun uni nisbatan ozroq qum bosgan.
                        S. Ayniy, Esdaliklar
                        
            
            
                2.  ko‘m. vzf.Ayirib, ta’kidlab ko‘rsa-tishni ifodalaydi; qaraganda, ko‘ra.
                
                                        Mahkamning bosiqligi esa uni Ochilga nisbatan bir necha yosh katta ko‘rsatardi.
                        P. Qodirov, Uch ildiz
                        
            
            
                3.  ko‘m. vzf.Harakat-holatning nimaga, kimga qaratilganligini, munosabatini bildiradi.
                
                                        Elmurodning ko‘nglida, endi cholga nisbatan bo‘lgan haligi nafrat o‘chib, uning o‘rniga ayanchga o‘xshash bir sezgi paydo bo‘ldi.
                        P. Tursun, O‘qituvchi