1.  Uncha mos, muvofiq emas; qo‘l kelmaydigan, nomuvofiq, yaroqsiz.
                
                                        Ayrim qishloq kutubxonalari nobop va ko‘rimsiz xonalarga joylashgan.
                        Gazetadan
                        
            
            
                2.  Unchalik shay emas, buzuq.
                
                                        — Dehqon aka, ehtiyot bo‘ling, aravangiz nobop — boshini chayqab gapirdi Yo‘lchi.
                        Oybek, Tanlangan asarlar
                        
            
            
                3.  Xulq-atvori, yurish-turishi yomon, yaramas.
                
                                        Yo‘q, u bola ko‘p nobop chiqdi, shariatga shak keltiradir.
                        M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.
                        
            
            
                4.  Notinch, noqulay.
                
                                        Bir oz jimlikdan so‘ng Ravshan gapira boshladi: — Bo‘ri aka, zamon nobop, deb tunov kun Abdurahmon aka aytgan gaplar qulog‘im ostidan hali-hali sira nari ketmaydi. Atrofga qarab, odamni vahm bosadi.
                        S. Karomatov, Bir tomchi qon