1.  Hayotdagi muayyan bir holat, vaziyat; ahvol.
                
                                        Umidli, izlanuvchan yoshlarimizning ko‘pligi quvonchli holdir.
                        Gazetadan
                        
                        Shunaqa, bu cho‘lni osonlikcha yengmaganmiz, qurbonlar berib, jon fido qilib, shu holga keltirganmiz.
                        O‘zbekiston qo‘riqlari
                        
                        maktabda o‘qish-o‘qitish ishlari mustahkam izga tushib ketdi. Bu hol qishloqda sezilmay qolmadi.
                        M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
                        
                        Darvozalar yonida sarbozlar yurib turishi dushmanga qarshi tadbir-choralar ko‘rilayotganini hisobga olmaganda, shahar o‘lik holda edi. Mirmuhsin,
                        Me’mor
                        
            
            
                2.  Kimsa yoki narsa jismida yuzaga kelgan muayyan holat.
                
                                        Avtor yana o‘z savlatli holiga qaytdi. Qaddini g‘oz tutganicha, oyog‘ini kerib, yirik-yirik qadam tashlab chiqib ketdi.
                        F. Musajonov, Himmat
                        
                        O‘zim-ku, g‘o‘zalarni shu holga yetkazguncha lablarimni(ng) uch marta po‘sti tushdi.
                        S. Nurov, Narvon
                        
            
            
                3.  Kishining jismoniy va ruhiy jihatdan o‘zini sezishi; jismoniy va ruhiy holat; kayfiyat, avzo, ko‘rinish.
                
                                        Me’morning xayol surib, giyohvandlardek qotib qolganini ko‘rgan Horunbek ustod ba’zan shunday holga tushib qolarmikan, bu, ehtimol, achchiq alamning oqibatidir deb o‘ylardi.
                        Mirmuhsin,Me’mor
                        
                        Teshaboy, bir tomondan, kooperativchining holiga achindi, ikkinchi tomondan, gitlerchilarga xizmat qilayotganidan g‘azablandi.
                        T. Rustamov, Mangu jasorat
                        
            
            
                4. o‘.-p. k. k. (shaklida — holda) Holat bildiruvchi (g‘amgin, ma’yus kabi) ba’zi so‘zlar, shuningdek,-gan affiksli fe’l bilan qo‘llanib, biror harakat-holatning shu so‘z bildirgan holatda yuz berishi, bajarilishini bildiradi.
                
                                        Husaynning dadasi ma’yus holda, bilinar-bilinmas bosh chayqab qo‘ydi.
                        M. Osim, Ibn Sino qissasi
                        
                        Suyum og‘a garang, dardli, och holda tepa ustiga chiqqach, yana boyagidek, orqa-oldiga qaradi.
                        N. Fozilov, Diydor
                        
                        Husayn Boyqaro qiyiq, tez o‘ynaydigan ko‘zlarini shoirga tikib, g‘amgin holda dedi
                        Oybek,Navoiy
                        
                        Imom yerga qaragan holda boshini qimirlatib qo‘ydi.
                        A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
                        
            
            
                5.  Ba’zi so‘zlar bilan qo‘llanib, ruhiy yoki jismoniy imkoniyat, kuch-quvvat ma’nosini bildiradi.
                
                                        Uning oh degani holi yo‘q.
                        S. Siyoyev, Avaz
                        
                        Bolaning yig‘lashga ham holi qolmagan edi.
                        Gazetadan
                        
                        Xosiyat xola bir ho‘plam choy ichgan bo‘ldi-yu, holi kelmay, yotib qoldi.
                        R. Fayziy, Cho‘lga bahor keldi
                        
            
            
                6. tlsh. sh. Ish-harakatning qay tarzda bajarilishini, uning bajarilish sababi, maqsadi, o‘rni, payti va shu kabilar belgilarini bildiradigan ikkinchi darajali bo‘lak. Qanday belgini bildirishiga ko‘ra holning
                sabab holi, o‘rin holi, payt holi, tarz holi kabi turlari farqlanadi. Kecha ko‘rdim (kecha — payt holi). Ko‘chada uchrashdik (ko‘chada — o‘rin holi) va boshqalar