1.  Vijdoni, insofi yo‘q, yaramas, qabih, pastkash.
                
                                        Xonxo‘jalik Sayfulla eshonni men o‘zimga ustoz deb bilar edim. Aslida o‘sha nokas meni shu yo‘lga olib kirdi, — dedi Bo‘ronboy.
                        O. Husanov, Qo‘shiqchining taqdiri
                        
            
            
                2.  so‘k.Yaramas, ablah.
                
                                        Ha, tutuni bulut ko‘rmagan nokas. Sening otang shunday qurumsoq edi.
                        P. Tursun, O‘qituvchi
                        
            
            
                3.  Birovga hech narsasini ravo ko‘rmaydigan; baxil, xasis, qurumsoq.
                
                                        Nokasdan qarz bo‘lma — ham yo‘lda qistaydi, ham go‘rda.
                        Maqol