1.  Murosa qilmaslik, murosasizlik.
                
                                        — Endi men bilan ham qirpichoq bo‘lmoqchimisiz, o‘rtoq Muhamedov? Ya’ni nosozlik boshlanyaptimi? — dedi Sotiboldiyev.
                        P. Qodirov, Uch ildiz
                        
            
            
                2.  Buzilgan, yaroqsiz holga kelgan holat; buzuqlik, yaroqsizlik.
                
                                        Hukumatning rasmiy vakili voqeaga tezlikning oshishi yoki poyezd g‘ildiraklaridagi nosozlik sabab bo‘lgan, degan fikrni bildirgan.
                        Gazetadan