1.  Yuksak mahorat va san’at bilan juda bejirim qilib ishlangan; nafis, latif.
                
                                        Iskandarov havas va taajjub bilan binolarga, boy jihozlarga, ayniqsa, nozik san’at buyumlariga, eshik va derazalarga nazar tashlab qo‘yardi.
                        Oybek, Nur qidirib
                        
            
            
                2.  Ingichka; yupqa, harir.
                Nozik ip.
                    ▬
                                        Dutorning nozik torlaridan chiqqan Navo kuyi o‘z nolasiga tushunguvchi Otabekdek yigitlarga juda muhtoj edi.
                        A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
                        
            
            
                3.  Yupqa, harir.
                
                                        U gunafsha gulli nozik batis ko‘ylak kiyib, choyshabni tomog‘igacha tortib, jurnal o‘qib yotardi.
                        Oydin, Hikoyalar
                        
            
            
                4.  Bejirim, latif; xipcha.
                
                                        Momiq paxtalar uning nozik barmoqlariga o‘zi ilashib chiqar, chanoqlar hayratdan og‘iz ochib, silkinib qolardi.
                        O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
                        
                        Iigit mahbubasining nozik qo‘llaridan tutib, o‘ziga tortardi.
                        S. Anorboyev, Oqsoy
                        
                        Murzin uning parishon sochlarini, nozik bo‘yniga yopishgan mayin, jonsizgina soch tolalarini tomosha qilardi.
                        Shuhrat, Shinelli yillar
                        
            
            
                5.  Zaif, nimjon.
                Nozik maysa.
                    ▬
                                        Ukamni durustroq joyga o‘rnashtiring, o‘zi nimjon, nozikroq bola., shamollab-netib qolmasin.
                        P. Tursun, O‘qituvchi
                        
                        Nozik, rang-barang parvonalar, kapalaklar lampa atrofida aylanar edilar.
                        Oybek, Tanlangan asarlar
                        
            
            
                6.  Muloyim, mayin va yoqimli, nazokatli.
                Nozik tabassum. Dilxiroj
                    ▬
                                        o‘zining mayda qadami, nozik harakatlari bilan davraga kirib keldi.
                        M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
                        
                        Xalq ko‘nglini ovlagan, Ulfatda doim. Ovozi jonga yoqar, Nozik, muloyim.
                        Q. Muhammadiy
                        
                        U kuyning sehriga berilib, intizor ko‘zlarini nozik yumdi, boshini quyi soldi.
                        Shuhrat, Shinelli yillar
                        
            
            
                7.  Salga sinadigan, uziladigan, yirtiladigan; bo‘sh, mo‘rt.
                
                                        Nozik buyum. ya Olimovning qo‘lidagi yuklar hammanikidan og‘irroq, nozikroq edi.
                        H. Nazir, So‘nmas chaqmoqlar
                        
            
            
                8. ko‘chma hma O‘ziga xos qiyinchiliklari bo‘lgan, alohida mahorat, malaka, bilim talab etadigan.
                
                                        G‘o‘za sug‘orish — nozik ish.
                        Oybek, Oltin vodiydan shabadalar.
                        
            
            
                9. ko‘chma hma O‘z ishini mayda ikir-chikirlarigacha yaxshi biladigan; usta.
                
                                        Sekretarning otasi nozik gulchi edi.
                        Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
                        
            
            
                10. ko‘chma chma Alohida ehtiyotkorlik talab etadigan; qaltis.
                Nozik masala. Nozik payt. Nozik ahvol.
                    ▬
                                        Asrora o‘ylab qarasa, ko‘ngil ishi nozik narsa ekan.
                        S. Ahmad, Ufq
                        
                        — Keyingi paytda zamon nozik bo‘lib qoldi, — afsus bilan bosh chayqardi O‘sar buxgalter.
                        A. Ko‘chimov, Halqa
                        
                        Bo‘lmasa, selpo raisligiday nozik lavozimda o‘n-o‘n besh yil muqim ishlash osonmi?!O‘.
                        Hoshimov, Qalbingga quloq sol
                        
            
            
                11. ko‘chma chma Alohida e’tibor, mulozamat, takalluf talab etadigan, izzattalab.
                Nozik mehmon.
                    ▬
                                        — Xo‘jayin band, oldilarida nozik odam bor. Majlis qilishyapti, — dedi sekretar.
                        S. Abduqahhor, Sanamay sakkiz dema
                        
            
            
                12. ko‘chma chma Qichiqli; injiq.
                
                                        Boboqulning ko‘zlaridagi nozik kinoya uning izzat-nafsiga xanjardek qadaldi.
                        Oybek, Navoiy
                        
            
            
                13.  Nozik (xotin-qizlar ismi).