1.  Atmosfera quyi qatlamining ma’lum vaqt va ma’lum joydagi holati.
                
                                        U [Elmurod] qaytgan vaqtda yomg‘ir tingan, lekin bu yerning o‘ziga xos ob-u havosiga muvofiq, yomg‘irdan keyin qattiq shamol turgan edi.
                        P. Tursun, O‘qituvchi
                        
            
            
                2.  Ma’lum joy yoki hudud atmosferasidagi meteorologik o‘zgarishlar majmui; iqlim.
                
                                        Mulla Turob bir yoz faslida Samarqand sayohatiga borib, u shaharning ob-u havosini yoqtirgan.
                        S. Ayniy, Esdaliklar
                        
            
            
                3.  ko‘chma:Vaziyat, holat.
                
                                        Bu gaplar qishloqda nechog‘liq tarqalganligi, ya’ni u yerdagi ob-havoni bilish maqsadida Nasibani avtobusga o‘tqazib, tongda qishloqqa jo‘natdi.
                        Yoshlik