Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ochiq}
So‘z bo‘g‘inlari: o-chiq
Izoh(lar)i:
ochiq [o-chiq ]

1. Hech narsa bilan bekitilmagan, to‘silmagan. skandar esa qizil dasturxonni yana xazina ustiga yopdi-da, tokchadan soqol oladigan asboblarini olib, ochiq shiyponga chiqdi. M. Mansurov, Yombi

2. Ochiq darvoza. Ochiq deraza. Bekitilmagan, mahkamlanmagan, qulflanmagan.

3. Ochiq badan. Yalang‘och. Politsiya boshlig‘i pishiq o‘rilgan charm qamchin bilan Yo‘lchining ochiq ko‘kragini va bo‘ynini uzib oldi. Oybek, Tanlangan asarlar

4. Berk emas, ochilgan holda. Eshik va darchalar ochiq bo‘lsa ham, uyda birov ko‘rinmadi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

5. Yorilgan, ochilgan. Mana bu ochiq pistalar ham o‘zimizning tog‘larniki! Sh. Xolmirzayev, T.Usmonov, So‘nmas o‘t

6. Ravshan; aniq; ayon; ko‘rinib, bilinib turadigan. Qorong‘i bo‘lsa ham, O‘zbek oyimning tusidagi shodlik belgilari ochiq ko‘rinib turar edi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

7. Ochiq gap. To‘g‘ri, haqiqiy.

8. Hech kimdan yashirilmagan. Dushmanligimni ochiq bildirib, qaytaga hayotimni xavf ostiga qoldirdim chamamda. Sharq yulduzi

9. Ko‘chma Hamma, xohlagan kishi qatnashsa bo‘laveradigan. Shu hafta ichi ochiq dars o‘tkazishni boshlaymiz. S. Zunnunova, Olov

10. Ochiq chit. Rangi tiniq, sho‘xchang.

11. Xushfe’l, yuragida kiri yo‘q; xushchaqchaq U [Ali] ichi kirsiz, serkulgi, ochiqqina bir yigit edi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

12. Paranji tashlagan, ozodlikka chiqqan (xotin-qizlar haqida). Yig‘ilganlarning ko‘pchiligi xotin-qizlar bo‘lib, ular orasida ochiqlar ham, paranjililar ham bor edi. S. Zunnunova, Gulxan

Sinonim(lar)i: aniq [a], rost [f-t]

1. ochiq I Sifat
Hech narsa bilan bekitilmagan, yashirilmagan

2. ochiq II Fe’l
Ovqat yeyish zaruriyatini his qilmoq, ochqamoq

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. beti ochiq: -

2. betining ochiqligi: -

3. bosh ochiq: -

4. boshi ochiq: -

5. chakagi ochiq : -

6. chehrasi ochiq: xushtabiat, kayfiyati yaxshi

7. dunyodan ko‘z ochiq ketmoq: -

8. dunyodan ko‘zi ochiq ketmoq: -

9. ko‘ngil ochiq: -

10. ko‘ngli ochiq: yaxshi niyatli, boshqalarga yomonlikni ravo ko‘rmaydigan

11. ko‘z ochiq: -

12. ko‘z ochiq ketmoq: -

13. ko‘z ochiqligida: -

14. ko‘zi ochiq: -

15. ko‘zi ochiq I: barhayot

16. ko‘zi ochiq II: yaxshini yomondan, foydani zarardan farqlashga qobiliyatli

17. ko‘zi ochiq ketmoq: -

18. ko‘zi ochiqligida: -

19. ko‘zining ochiqligida: barhayotligida

20. ko‘zning ochiqligida: -

21. ochiq: -

22. ochiq chehra: -

23. ochiq chehra bilan: yaxshi kayfiyat bilan, xushtabiatlik bilan

24. ochiq chehrali: xushtabiat, kayfiyati yaxshi

25. ochiq gap: -

26. ochiq ko‘ngil: samimiy, g‘ayirlikni bilmaydigan

27. ochiq ko‘ngil ekanlik: -

28. ochiq ko‘ngilli: -

29. ochiq qo‘l: saxiy

30. ochiq qo‘lli: -

31. ochiq yuz: -

32. ochiq yuz bilan: yaxshi kayfiyat bilan, xushtabiatlik bilan

33. ochiq yuzli: xushtabiat, kayfiyati yaxshi

34. ochiqko‘ngil: -

35. ora ochiq: -

36. ora ochiq bo‘ldi: olish-berish muomalasini ro‘y-rost hal yetdi

37. ora ochiq bo‘lmoq: -

38. ora ochiq bo‘lmoq: -

39. oralar ochiq: -

40. oralar ochiq bo‘lmoq: -

41. oralari ochiq: bir-biriga qarzdor emas, bir-biriga malol keladigan hech nima o‘rtada yo‘q

42. oralari ochiq bo‘lmoq: -

43. orani ochiq qilmoq: -

44. qo‘l ochiq: -

45. qo‘li ochiq: saxiy

46. sufrasini ochiq ko‘rmaslik: -

47. yo‘l ochiq: -

48. yo‘li ochiq: -

49. yuzi ochiq: -

50. yuzining ochiqligi: -

1. Aniq – ochiq – yaqqol – ravshan – yorqin – oydin – ayon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(kitobiylik belgisining kam-ko‘pligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.