1.  Odillik bilan, adolat yuzasidan, haqiqatga asoslanib, adolatli ravishda; beg‘araz, haqqoniy. Odilona sud qilmoq. Odilona ish tutmoq.
                
                                        Meningcha, xalqning talabiga odilona quloq solmoq lozim.
                        Uyg‘un va I.Sulton, Alisher Navoiy
                        
            
            
                2.  Adolatli, haqqoniy; qonunga, huquqqa asoslangan.
                
                                        Vaziri buzruk, men xon hazratlarining odilona ishlarini xalqqa ko‘rsatmoq taraddudidaman, — dedi Pirnazarboy.
                        J. Sharipov, Xorazm